2026-yilning birinchi choragi yakunlariga ko‘ra, Oʻzbekistonda elektron xizmatlar ko‘rsatuvchi xorijiy kompaniyalar tomonidan davlat budjetiga 65,7 mlrd soʻm soliq toʻlangan. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 81 foizga oshgan.
Soliq qo‘mitasi ma’lumotlariga ko’ra, hozirda Oʻzbekistonda elektron xizmatlar ko‘rsatuvchi 89 ta xorijiy kompaniya ro‘yxatdan o‘tgan. Taqqoslash uchun, 2025-yil boshida ularning soni 78 ta, 2025-yil 1-yanvar holatida esa 63 tani tashkil etgan edi.
2026-yilning I choragida xorijiy kompaniyalar tomonidan ko‘rsatilgan xizmatlar hajmi 552 mlrd so‘mdan oshgan. Eng ko‘p soliq to‘lagan kompaniyalar orasida texnologiya gigantlari yetakchilik qilmoqda.
Elektron xizmatlar boʻyicha TOP-10 xorijiy kompaniya
- Apple — 16,1 mlrd soʻm
- Google — 14,9 mlrd soʻm
- Meta — 13,9 mlrd soʻm
- Valve Corp. — 8 mlrd soʻm
- OpenAI — 2,5 mlrd soʻm
- Anthropic — 1,5 mlrd soʻm
- Midasbuy — 1,3 mlrd soʻm
- TikTok — 868,3 mln soʻm
- Booking.com — 694,7 mln soʻm
- Netflix — 570,4 mln soʻm
Amaldagi tartibga ko‘ra, Oʻzbekistonda elektron xizmat ko‘rsatuvchi chet el yuridik shaxslari har chorakdan keyingi oyning 20-kunidan kechiktirmay soliq hisobotlarini topshirishi va soliqlarni to‘lashi shart.