Shanba, 17 Oktabr

MrBeast 9-oktabr kuni Toshkentga keladi

Bu haqda O‘zbekiston Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi ma’lum qildi.

Amerikalik mashhur bloger va kontent yaratuvchi Jimmi Donaldson, ya’ni MrBeast, 9-oktabr kuni Toshkentda bo‘lib o‘tadigan jamoatchilik tadbirida ishtirok etadi.

Bu haqda O‘zbekiston Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi ma’lum qildi. MrBeast Toshkentga jamg‘arma taklifiga binoan tashrif buyuradi.

Tadbirda kimlar ishtirok eta oladi?

Tadbirda 18 yoshga to‘lgan va Toshkentda shaxsan qatnasha oladigan fuqarolar ishtirok etishi mumkin.

Tadbirga kirish bepul. Biroq ishtirokchilarning yo‘lkira, yashash va boshqa qo‘shimcha xarajatlari o‘z zimmasida qoladi.

Ro‘yxatdan o‘tish 6-oktabr kuni soat 12:00 da boshlangan va 8-oktabr soat 12:00 gacha davom etadi.

Har bir ishtirokchi tasdiqlangan bitta mobil telefon raqami va amaldagi bitta pasport orqali faqat bir marta ariza topshirishi mumkin. Boshqa shaxs nomidan ro‘yxatdan o‘tishga ruxsat berilmaydi.

Ishtirokchilar qanday tanlanadi?

Ro‘yxatdan o‘tish yakunlangach, belgilangan talablarga javob beradigan arizalar orasidan ishtirokchilar kompyuter tizimi orqali tasodifiy ravishda tanlanadi.

Tanlovda ishtirokchining shaxsiy aloqalari, obunachilar soni yoki ro‘yxatdan o‘tish vaqtida bergan javoblari hisobga olinmaydi.

Takroriy, avtomatik yoki noto‘g‘ri rasmiylashtirilgan arizalar tasodifiy saralash boshlanishidan oldin chiqarib tashlanadi.

Tanlangan ishtirokchilar ro‘yxatdan o‘tishda ko‘rsatilgan aloqa ma’lumotlari orqali bevosita xabardor qilinadi.

Ajratilgan joy faqat arizada ko‘rsatilgan shaxsga tegishli bo‘ladi. Mehmon yoki hamroh bilan qatnashishga ruxsat berilmaydi. Ishtirok joyini sotish, boshqa shaxsga berish yoki almashtirish ham mumkin emas.

Firibgarlikdan ehtiyot bo‘lish kerak

Tashkilotchilar ro‘yxatdan o‘tish jarayonida to‘lov, bank kartasi ma’lumotlari yoki akkaunt parollarini so‘ramasligini ta’kidlagan.

Shuningdek, tadbir va ro‘yxatdan o‘tish bo‘yicha yagona rasmiy manba Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi hisoblanadi.

Ro‘yxatdan o‘tish

MrBeast — YouTube’dagi eng yirik kontent yaratuvchilardan biri bo‘lib, katta miqyosdagi tanlovlar, ijtimoiy loyihalar va xayriya aksiyalari bilan tanilgan. Uning O‘zbekistonga tashrifi ham mamlakatdagi jamoatchilik e’tiborini tortayotgan voqealardan biriga aylandi.

Yangiliklarni Telegram kanalimizda kuzatib boring!

Sharh qoldirish uchun tizimga kirgan bo'lishingiz kerak.

Eng ko'p o'qilganlar
Mavzuga oid